AQShlik ayollar plastik jarrohga murojaat qilib,Yu o`zlarini Donald Trampning rafiqasi Melaniya Trampga o`xshatib qo`yishini so`ramoqda.
Xyuston shahrida faoliyat yurituvchi plastik jarroh Franklin Rouzning aytishicha, uning mijozlari dastlab, Ivanka Trampga, keyinchalik esa Melaniya Trampga o`xshash istagini bildirgan.
“Ivanka modadan qoldi, hozir Melaniya modada”,—deydi plastik jarroh.
Mijozlar Melaniya Trampga o`xshash uchun astoydil harakat qilib, burun, ko`z qosh, yanoq, lablarining shaklini o`zgartirmoqda. Shu bois, klinikada hozirgi kunda Melania Makeover (“Melaniyaga o`xshatish”) xizmati yo`lga qo`yilgan.