1

​Surunkali charchoqdan xalos bo`lishning eng qulay usuli

Dunyo 24.06.2017, 11:10
​Surunkali charchoqdan xalos bo`lishning eng qulay usuli

Qirolicha Mariya London universiteti olimlari surunkali charchoqdan qutulishning eng qulay usulini ma`lum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Tadqiqot natijalari The Lancet jurnalida chop etilgan, bu haqda The Telegraph nashri xabar bergan. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish surunkali charchoq sindromidan qutulishda yordam beradi. Olimlarning bunday xulosaga kelishiga tadqiqotlar sabab bo`lib, ular 12 hafta mobaynida 200 nafar insonning salomatligini kuzatishdi. Depressiya va uyqusizlikka qarshi dori ichganlarga ko`ra, jismoniy tarbiya bilan shug`ullanganlarning ahvoli yaxshilangan.

Surunkali charchoq asab tizimining charchaganligidan darak beradi. Mazkur sindrom rivojlangan mamlakatlardagi har mingtadan etti kishiga to`g`ri keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1