1

​MI5 agenti malika Dianani o`ldirganligini tan oldi

Dunyo 24.06.2017, 11:35
​MI5 agenti malika Dianani o`ldirganligini tan oldi

Britaniya MI5 kontrrazvedkasining sobiq agenti malika Dianani aynan o`zi “o`ldirganligini” tan oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Britaniya MI5 kontrrazvedkasining sobiq agenti, 80 yoshli Jon Xopkins unga malika Diana “Britaniya toj-taxtiga xavf solgani uchun” o`ldirish topshirig`i berilganligini ma`lum qildi.

“Diana qirollik sirlaridan xabardor edi. Aksariyat hollarda omma oldidagi chiqishlarida mazkur sirlarni oshkor etardi. Boshlig`im “Diana o`lishi kerak”, dedi. Shundan keyin baxtsiz hodisa ssenariysi o`ylab topildi”, dedi Jon Xopkins.

Sobiq agent buyruqni bajarganligini, qirolicha va butun mamlakat xavfsizligi uchungina mazkur ishga qo`l urganini ta`kidladi. U malika Dianani o`ldirish bo`yicha qotillik rejasi qanday tuzilganini oshkor etmadi.

Malika Diana 1997 yilning 31 avgust kuni Parijda Dodi al-Fayed va haydovchisi Anri Pol bilan avtomobilda ketayotganda Sena qirg`og`idagi Alma ko`prigi tagidagi tunnelda avtohalokatga uchrab, halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1