Xitoyning Sichuan viloyatidagi Desi shahrida yuzdan ortiq odam ko`chki tagida qoldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarga voqea joyidan suratga olingan videolar joylashtirildi. Kadrlardan ko`chki bir necha yuz metrgacha surilganini ko`rish mumkin. Voqea joyida qutqaruvchilar, polisiyachilar odamlarga yordam bermoqda. Jabrlanganlar soni aniqlanmoqda.






