1

​Hindistonda 4 qo`lli va 4 oyoqli qizcha dunyoga keldi (Video)

Dunyo 27.06.2017, 09:43
​Hindistonda 4 qo`lli va 4 oyoqli qizcha dunyoga keldi (Video)

Hindistonning Bixar shtatidagi Lakxisara shahrida ikki tanali, to`rt qo`lli va to`rt oyoqli qizcha dunayoga keldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Shifokorlar buning sababini aniqlay olmadi. Qizchaning ota-onasi qishloqda fermerlik bilan shug`ullangan. Ayolning aytishicha, homiladorlik davrida u hech nimani his qilmagan, bunday tug`ma nuqsonli bolani dunyoga keltirishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan. Shifokorlar qizchani shoshilinch ravishda reanimasiyaga yotqizganiga qaramay, uning hayotini saqlab qolisholmadi.

Chaqaloqning ota-onasi qizchaning o`limini uni azoblardan qutilishi, deb hisobladi. “Bolam butun umr qiynalishi mumkin edi, o`lim esa uni bu azoblardan qutqardi”, dedi qizchaning onasi Savita Devi. Shifokorlarning ma`lumot berishicha, bunday anomaliya bilan tug`ilgan chaqaloqlarning umri qisqa bo`lar ekan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1