AsosiyJamiyat

Bojxona xodimlari tomonidan jo`natmalarda yuborilgan tilla taqinchoqlar aniqlandi

'Bojxona xodimlari tomonidan jo`natmalarda yuborilgan tilla taqinchoqlar aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan chetdan noqonuniy yuborilgan pochta jo`natmalari to`xtatib qolindi.

Jumladan, Xitoydan fuqaro Sh.Sattorova nomiga yuborilgan pochta jo`natmasida miqdori aniq qayd qilinmagan oddiy taqinchoqlar yuborilganligi ko`rsatilgan bo`lsa-da, bojxona ko`rigi davomida qonunbuzarlik holati fosh qilindi.

Jo`natmadagi salkam 5 kg. 300 gr. og`irlikdagi taqinchoqlar aslida oddiy emas, balki kumushdan tayyorlangani aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, 8 turdagi 1800 donadan ortiq kumushdan ishlangan ushbu taqinchoqlarning umumiy qiymati salkam 82 mln. so`mni tashkil qilar ekan.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan aybdor shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 182-moddasining 2- qism “a” bandi bilan jinoiy ish qo`zg`atilib, tergov harakatlarini olib borish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborildi.

Turkiyadan fuqaro D.Agzamov nomiga yuborilgan pochta jo`natmasini bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida bojxonachilar yana bir qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi. Jo`natmada bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 11 turdagi 7700 dona dori vositalari borligi aniqlandi. Qarang-ki, qiymati 54 mln so`mlik ushbu dori vositalarining orasida O`zbekiston Respublikasida foydalanishga ruxsat etilgan dori vositalarining Davlat reestriga kiritilmaganlari ham bor ekan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan qonunbuzilish holati yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma`muriy ish yuritilib, ko`rib chiqish uchun tegishli sud idoralariga yuborildi.

Boshqa yangiliklar