1

Jonli efir paytida teleboshlovchini shamol uchirib ketdi(Video)

Dunyo 27.06.2017, 12:27
Jonli efir paytida teleboshlovchini shamol uchirib ketdi(Video)

Irlandiyaning TV3 telekanalida ob-havo ma`lumotini o`qiyotgan boshlovchi Derik Xartiganni jonli efir paytida shamol uchirib yubordi. Katta soyabon ostida turgan boshlovchi teletomoshabinlarga ob-havo ma`lumotini o`qib berayotgan edi. Bir muddatdan so`ng kuchli shamol oqimi uni chetga uloqtirib yubordi. Oradan sanoqli daqiqalar o`tgach, Derik yana kadrda paydo bo`ldi. Uning soyaboni esa singan edi. Mazkur hodisa aks etgan videoni Xartiganning o`zi Youtube`ga joyladi.

Studiya boshlovchilari mazkur noqulay holatdan miriqib kulishdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1