1

Aviayo`lovchi yukida 9 kiloli dengiz qisqichbaqasi topildi

Dunyo 27.06.2017, 12:31
Aviayo`lovchi yukida  9 kiloli dengiz qisqichbaqasi topildi

Boston xalqaro aeroportida, yuklar ko`zdan kechirilayotganda aviayo`lovchining yukida og`irligi 9 kg bo`lgan katta dengiz qisqichbaqa borligi aniqlandi, deya xabar beradi Vesti.ru nashri.

AQSh yo`l xavfsizligi xizmatining vakillaridan biri Maykl Makkartining so`zlariga qaraganda, bagajda tirik qisqichbaqalarni o`tkazish man etilmagan. Faqatgina bunday jonivorlar bagajda emas, balki maxsus konteynerlarda o`tkazilishi kerakligini ta`kidladi.

Makartni qisqichbaqa bilan tushgan suratini o`zining "Tvitter" sahifasida joylashtirdi.

Oldin xabar berilganidek, Londondan Chikagoga o`chishda yuklar ko`zdan kechirilganda dunyodagi eng katta hisoblangan Saymon ismli quyon borligi aniqlangan. Lekin yuklar orasidagi quyon halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1