1

Buyuk Britaniya qirolichasining daromadi qariyb 2 barobarga oshadi

Dunyo 27.06.2017, 14:18
Buyuk Britaniya qirolichasining daromadi qariyb 2 barobarga oshadi

Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II daromadi yaqin orada qariyb ikki barobarga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 2017 yil daromad 82 mln funt sterlingni tashkil etadi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.

Ma`lum bo`lishicha, daromad ko`payishi hukumatning Bukingem saroyidagi ishlarga ko`proq mablag` ajratgani bilan bog`liq.

«Qirolichaning o`tgan yilgi daromadlari 82,2 mln funtni tashkil etdi, biroq u mablag`larni 2019 yilgacha sarflay olmaydi, sababi ko`chmas mulkdan olgan foydasi ikki yil davom to`lab boriladi», - deya aniqlik kiritishgan Gazeta.Ru. nashri.

2016 yilda qirolichaning daromadi 42,8 mln funtga teng bo`lgan bo`lsa, 2012 yilda - 29,1 mln edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1