1

“Time” jurnali Donald Tramp va suriyalik bloger qizni internetdagi eng nufuzli insonlar deb topdi

Dunyo 27.06.2017, 15:19
“Time” jurnali Donald Tramp va suriyalik bloger qizni internetdagi eng nufuzli insonlar deb topdi

Amerikaning mashhur haftalik “Time” jurnali AQSh prezidenti Donald Tramp va Suriyaning Aleppo shahrida istiqomat qilgan bloger qiz Banu Alebedni internetdagi eng nufuzli insonlar deb topdi, deya xabar bermoqda «PIA Novosti» nashri.

Oq uy rahbari «Internetdagi 25 nafar eng nufuzli inson» ro`yxatiga Twitter’dagi shaxsiy va rasmiy akkauntida muntazam joylashtirib boriladigan matnlari tufayli kiritildi. Uning mazkur ijtimoiy tarmoqdagi mushtariylari soni bo`yicha dunyoda etakchi ekanligi qayd etilgan.

Aleppolik qiz ham Twitter’dagi xabarlari tufayli tanildi. Jurnalning yozishicha ushbu ma`lumotlardan «dunyo Suriyadagi fuqarolik urushi dahshatlaridan xabar topdi». O`tgan yil dekabrida Banu Alebed ota-onasi bilan Alepponi tark etdi va Turkiyaga ko`chib o`tdi.

Shuningdek, “Time”ning internetdagi eng ta`siri kuchli insonlar ro`yxatidan Rossiyalik bloger Aleksey Navalniy, britaniyalik yozuvchi Joan Rouling, Amerikalik xonandalar Keti Perri va Rianna, realiti-shoular yulduzi Kim Kardashyan ham o`rin oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1