AQSh prezidenti Donald Tramp O`zbekiston xalqi va Prezident Shavkat Mirziyoevni Ramazon Hayiti bilan samimiy muborakbod etdi. Qutlov matni O`zAda e`lon qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev
Janobi Oliylariga
Prezident Janobi Oliylari!
Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va O`zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo`llaymiz.
Muqaddas Ramazon oyida Amerika Qo`shma Shtatlaridagi musulmonlar butun dunyo musulmonlari qatori imon-e`tiqod va xayr-ehson amallariga alohida e`tibor qaratdilar. Amerika Qo`shma Shtatlarida musulmonlar qo`shnilarga va jamiyatning turli tabaqalari vakillariga yordam berish hamda qo`llab-quvvatlashdek ezgu an`anani davom ettirgan holda, bayramni oila a`zolari va do`stlar davrasida nishonladilar.
Mazkur bayramni nishonlar ekanmiz, rahm-shafqat, mehr-oqibat va ezgu niyat kabi fazilatlar ahamiyatini yanada teran anglaymiz. Shu munosabat bilan Amerika Qo`shma Shtatlari O`zbekiston bilan ana shu qadriyatlarni e`zozlashga qaratilgan umumiy majburiyatimizni yana bir bor ta`kidlaydi.
Siz va O`zbekiston xalqini yana bir bor bayram bilan tabriklayman! Ramazon hayiti muborak bo`lsin!
Hurmat bilan,
Donald J.Tramp,
Amerika Qo`shma Shtatlari
Prezidenti






