1

​Yaponiya aviakompaniyasi nogiron odamni bortga emaklab chiqishga majbur qildi

Dunyo 28.06.2017, 11:57
​Yaponiya aviakompaniyasi nogiron odamni bortga emaklab chiqishga majbur qildi

Yaponiyaning Vanila Air aviakompaniyasi jismoniy imkoniyati cheklangan yo`lovchini bortga emaklab chiqishga majbur qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Yo`lovchilarni qayd qilish joyiga nogironlik aravachasida kelgan erkakka kompaniya jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga xizmat ko`rsata olmasligi haqida “Yurolmaydigan odam samolyot bortiga qo`yilmaydi”, deb ma`lum qilindi. Uning samolyot bortiga ko`tarilishida do`sti yordam bermoqchi bo`ldi, ammo aviakompaniya xodimlari bortga birovning yordamisiz, mustaqil ravishda ko`tarilishi lozimligini talab qilishdi. Natijada oyog`i falajlangan yo`lovchi trapning 17 zinasini emaklagan holda bosib o`tishga majbur bo`ldi.

Mazkur voqea OAVlarda yoritilgandan keyin aviakompaniya nogiron yo`lovchidan uzr so`radi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1