AsosiyDunyo
3678

​Baykalorti o`lkasi o`t ichida qolmoqda

'​Baykalorti o`lkasi o`t ichida qolmoqda'ning rasmi

Baykalorti o`lkasida yuz bergan o`rmon yong`inlari hududdagi quruq va issiq ob-havo sababli yanada murakkablashib bormoqda. Ayni damda hududdagi 22,3 ming gektar maydonda 58 ta yong`in yuz berdi, ularning aksariyati etib borishga qiyin bo`lgan joylarda.

Aksariyat yong`inlar momaqaldiroq va chaqmoqlar sababli yuz bergan bo`lsada, ko`pi olov bilan ehtiyotsiz munosabatda bo`lganligi bilan bog`liq. Hozirda yong`inlarni bartaraf etishga 800 kishi jalb qilingan, shulardan, 143 nafar parashyutchi-desantchilar, 168 dona maxsus texnika jalb qilingan. O`tgan sutkada 1 ming gektar hududdagi 13 ta yong`inni bartaraf etishga erishildi.

Baykalorti o`rmonlaridagi yong`inlar mart oyi ohirida boshlangan. Shu vaqt ichida hududdagi 100 ming gektar joyda 612 ta o`rmon yong`inlari sodir bo`ldi.

27 iyundan o`lkada favqulodda holat tartibi joriy qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar