Yangi qo`shiqlar va kliplar bilan ijodga qaytayotgan xonanda Ozoda Nursaidova ko`pchilikning qalbidan joy egallagan xit qo`shiqlaridan birini arab tilida qayta kuyladi.
“Xolos” qo`shig`i xonandaning muxlislari va do`stlari taklifiga binoan qayta sayqallanib, yangicha ko`rinish kasb etdi. Mazkur taronaga klipmeyker Timur Pirimqulov klip suratga olmoqda. Klipda bosh rollarni Rimma ismli ballerina qiz va kino sohasiga endi kirib kelayotgan yosh aktyorlardan biri ijro etgan. “Sayyod.com” klip suratga olish jarayonidan reportaj tayyorladi.
Ozoda Nursaidova klipda bir necha obrazda namoyon bo`ladi. Obrazlar muallifi stilist-vizajist Lidiya Andre.
Arab tilida kuylangan “Xolos” qo`shig`iga ishlanayotgan klip 2 ta talqinda suratga olinmoqda. Ulardan biri o`zbek auditoriyasiga, ikkinchisi esa milliy auditoriyasiga mo`ljallangan.