Yozning issiq jazirama kunlarini aksariyat shou-biznes vakillari xorijda hordiq chiqarib o`tkazishmoqda. Kimdir oilaviy, kimdir do`stlari bilan, yana kimdir do`stlari va oila a`zolari bilan birgalikda dam olishga jo`nab ketgan.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva va turmush o`rtog`i Farhod Alimov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov, rafiqasi Saida Xoliqovalar Evropada sayohat qilishmoqda. Dastlab Ispaniyaning Barselona shahrida dam olgan juftliklar endilikda Fransiya poytaxtida hordiq chiqarishni davom ettirmoqda.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ziyoda va hamkasbi Yulduz Turdieva oilaviy Turkiyada dam olishmoqda.
Xonandalar Nilufar Usmonova va Shahzoda ham farzandlari bilan birgalikda Turkiyaning Bodrum shahrida hordiq chiqarishmoqda.