AsosiyDunyo

​Turar joy binosini yorib o`tgan metro liniyasi (Video)

'​Turar joy binosini yorib o`tgan metro liniyasi (Video)'ning rasmi

Aholi zich yashovchi shaharda qanday qilib yangi metro tarmog`ini qurish mumkin? Xitoylik muhandislar mazkur muammoning echimini topdi, deb xabar berdi Mix.tn.kz nashri.

Xitoyning Chunsin shahrida 50 millionga yaqin aholi yashaydi. Aholi zich joylashgan ulkan shaharda yangi metro tarmog`i qurishning iloji yo`q. Xitoylik muhandislar bunday noqulay vaziyatdan chiqish yo`lini topishdi. Ular uy-joy qurilishi ishini to`xtatmagan holda metro tarmoqlarini aholi yashovchi uylarning ichidan olib o`tishni taklif qilishdi.

Shundan keyin bir izli, shovqini kam bo`lgan osma yo`llar qurishga qaror qilindi. 19 qavatli turar joydan o`tkazilgan metroni arxitektorlar 90 yillarning oxirida o`ylab topib, 2004 yilda ochilgan edi. Bunday uylar jahon miqyosidagi ilk tajriba bo`lgani tufayli ularning narxi arzon bo`lganiga qaramay, shovqinning darajasi aniq bo`lmagan.

Biroq keyinchalik bunday metroning shovqini eshitilmasligi, undan ko`ra kir mashinaning shovqini balandroq eshitilishi ma`lum bo`ldi. Mazkur metro tarmog`i shahar aholisiga juda yoqdi. Siz shunday uyda yashashni istarmidingiz?


Boshqa yangiliklar