Qishloq maktabining yagona o`quvchisi bo`lgan qizni 13 nafar o`qituvchi o`qitdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Valeriya Gorbunova — Krasnoyarsk o`lkasidagi Rudyanoe qishlog`idagi maktabning yagona 11-sinf bitiruvchisi hisoblanadi. Qiz uchun alohida bitiruv kechasi uyushtirilmadi, ammo 25 iyun kuni an`anaviy tarzda o`tkaziladigan oxirgi qo`ng`iroq tadbiri bo`lib o`tdi. Mazkur bayramga qiz maktab formasida tashrif buyurdi. Maktabda qizga 13 nafar pedagog dars berdi. U kelajakda huqushunos bo`lishni orzu qilishini ma`lum qildi.