Janubiy Koreyada atrof-muhit ifloslanib ketgani bois ommaviy tarzda ballonchalarda toza havo ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.
Janubiy koreyaning Kensan-Namdo viloyatidagi Xadon uezdining Iysin poselkasida Kanada kompaniyasi tomonidan muattar hidli toza havo solingan ballonchalarni ishlab chiqaruvchi fabrika ishga tushdi. Mazkur toza havo Chirisan tog`idan, 700-800 metr balandlikdan olinadi. Fabrikada kuniga toza havo solingan ikki mingta ballonchani ishlab chiqarish rejalashtirildi. Agar ballonchalarning savdosi yaxshi bo`lsa, ular Xitoy, Hindiston va Yaqin Sharqqa eksport qilinadi. Janubiy Koreyada toza havoli ballonchalarning narxi 13 dollar deb baholandi. Havoning ifloslanishi aksariyat hollarda yurak va o`pka kasalliklarini yuzaga keltiradi.