1

​Prezident Shavkat Mirziyoev “Lukoyl” rahbari bilan uzoq muddatli hamkorlik o`rnatish masalalarini muhokama qildi

Jamiyat 29.06.2017, 09:49
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
​Prezident Shavkat Mirziyoev “Lukoyl” rahbari bilan uzoq muddatli hamkorlik o`rnatish masalalarini muhokama qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 iyun kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Rossiyaning neft-gaz sohasidagi ushbu kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan ta`kidladi, deb yozadi O`zA.

Jahonning etakchi neft-gaz korporasiyalaridan biri bo`lgan "Lukoyl" mamlakatimizda istiqbolli konlarni qidirish va o`zlashtirish, uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotish kabi qator yirik investisiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Ayni paytda Ustyurt blokini geologik o`rganish va Janubi-g`arbiy Hisor neft-gazkondensat konini o`zlashtirish ishlari hamkorlikda olib borilmoqda.

Qandim konlar guruhini tartibga keltirish va gazni qayta ishlaydigan zamonaviy majmuani barpo etish ishlari bajarilmoqda. Mazkur zavod yaqin istiqbolda yiliga 8 milliard kub metrdan ziyod tabiiy gazni qayta ishlab, xaridorgir gaz mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Bundan tashqari "Havzak" va "Shodi" konlari o`zlashtirilmoqda, Qo`ng`irot uchastkasida geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda "Lukoyl" kompaniyasi tomonidan mamlakatimiz neft-gaz sohasidagi qo`shma loyihalarga jalb etilgan investisiyalar hajmi 6,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda uzoq muddatli hamkorlikning amaldagi loyihalarini amalga oshirish va istiqbolli loyihalarni tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Qazib olinadigan tabiiy gazni chuqur qayta ishlashga doir yangi loyihalar, shuningdek, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha hamkorlikka alohida e`tibor qaratildi.

Vagit Alekperov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga qabul va O`zbekistonda "Lukoyl" kompaniyasi loyihalari qo`llab-quvvatlanayotgani uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi, neft-gaz sohasida keng ko`lamli o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1