Vashingtondagi AQSh kongressi binosi yonida chorshanba kuni Donald Trampning sog`liqni saqlash tizimidagi islohotlari yuzasidan o`tkazilgan norozilik namoyishidan so`ng qirq kishi qamoqqa olindi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Hill gazetasining xabar berishicha, kongressning xavfsizligi uchun javobgar bo`lgan Kapitoliya polisiyasi senatorlar ofisidan bo`lgan qo`ng`iroqdan keyin norozilik namoyishi qatnashchilariga namoyishni to`xtatish taklif etilgan. Polisiyaning taklifiga rozi bo`lmagan ishtirokchilar qamoqqa olingan.
Nashrning xabar berishicha, namoyishni asosan Planned Parenthood (“Rejalashtirilgan oila”) harakati tarafdorlari o`tkazgan. AQSh prezidenti Donald Trampning abortga qarshiligi tanqidlarga sabab bo`lgan edi. Namoyishchilar “Sog`liqni saqlash tizimi hozirgi kunda”, “Sog`liqni saqlash tizimimizni qaytaring!”, degan shiorlarni ko`tarib oldi. Donald Trampning sog`likni saqlash tizimida islohotlar o`tkazishga harakat qilishi mamlakat fuqarolarining noroziligiga sabab bo`ldi.