AsosiyJamiyat

​Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali tashkil etiladi

'​Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida qaror imzoladi.

Termiz filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash hamda mintaqada ishlab chiqarish, mavjud texnika va texnologiyalardan foydalanish, xizmat ko`rsatishning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish, muhandislik ta`limini rivojlantirishda jahon tajribasini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etildi.

Qarorga ko`ra, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

transport tizimlari va yo`llari hamda ularning ekspluatasiyasi, kimyoviy texnologiya, bino va inshootlar qurilishi va materiallari, oziq-ovqat texnologiyasi, texnologik mashina va jihozlar, engil sanoat texnologiyasi, ekologiya va sanoat xavfsizligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta`minlash;

iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg`or xorijiy texnologiyalarni sinab ko`rish

va joriy etishga yo`naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;

xorijiy mamlakatlar ta`lim muassasalarining tajribasini va mamlakat iqtisodiyoti talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish yo`nalishlari hamda mutaxassisliklar bo`yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;

qo`shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta`lim jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb etish maqsadida texnika sohasidagi etakchi xorijiy oliy ta`lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Termiz filialiga har yilgi talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Surxondaryo viloyati hokimligi va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Termiz shahri, Sulton Saodat ko`chasi, 288 “a”-uyda joylashgan Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik liseyining binosida joylashadi.

Qarorning to`liq matni Prezidentning rasmiy saytidae`lon qilindi.

Boshqa yangiliklar