AQSh prezidenti Donald Trampning ustiga chiroq qulashiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Hodisa Oq uyda Janubiy Koreya rahbari bilan bo`lgan uchrashuvda ro`y berdi. Chiroqning qulashiga janubiy koreyalik jurnalistlar sabab bo`ldi. Oq uy xavfsizlik xizmati Trampning chap tomonida turgan chiroqni ushlab qolib, prezidentni “xavfdan qutqardi”.
“Ey, bolalar, sekinroq! Kundan-kunga yomonlashib boryapsizlar!” dedi Tramp jurnalistlarga.
Tramp juma kuni Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuv o`tkazib, Shimoliy Koreyadagi vaziyatni va yangi savdo bitimlarini muhokama qilishdi.