AsosiyJamiyat

​“Afrosiyob” yo`lovchi elektropoezdining yangi qatnovi yo`lga qo`yiladi

'​“Afrosiyob” yo`lovchi elektropoezdining yangi qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab Buxoro – Samarqand – Toshkent yo`nalishi bo`ylab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” yo`lovchi elektropoezdining qatnovi yo`lga qo`yiladi.

№766/765-sonli poezd har kuni ertalabki soat 5:00 da Buxoro vokzalidan jo`nab, ertalabki soat 8:48 da Toshkent markaziy vokzaliga kirib keladi. Shu kuni kechki soat 18:50 da ortga qaytgan poezd tungi soat 22:48 da Buxoroga etib boradi.

Shu munosabat bilan 1 iyuldan boshlab Toshkent – Qarshi – Toshkent hamda Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishlarida harakatlanayotgan “Afrosiyob” yo`lovchi elektropoezdlarining harakatlanish vaqtiga ham o`zgartirish kiritildi.

Toshkent – Qarshi – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan №760/759-sonli “Afrosiyob” yo`lovchi elektropoezdi har kuni ertalabki soat 8:00 da Toshkent markaziy vokzalidan jo`nab, kunduzgi soat 11:20 da Qarshiga etib boradi va shu kunning o`zida kunduzgi soat 16:48 da Qarshi vokzalidan ortga qaytib, kechki soat 20:10da Toshkentga etib keladi.

Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan №762/761-sonli elektropoezd har kuni ertalabki soat 7:30 da poytaxtdan jo`nab, kunduzgi soat 11:16 da Buxoroga etib boradi va shu kuni kunduzgi soat 15:52 da Buxorodan ortga qaytib, kechki soat 19:40da Toshkentga etib keladi.

Shuningdek, 1 iyul kunidan boshlab bir qator yo`lovchi poezdlarning harakatlanish jadvaliga ham o`zgartirishlar kiritildi. Bu boradagi ma`lumotlarni www.railway.uz veb-sayti yoki 1005 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar