AsosiySport

Yoxim Lyov “Bunyodkor”ning sobiq murabbiyi bilan tenglashdi

'Yoxim Lyov “Bunyodkor”ning sobiq murabbiyi bilan tenglashdi'ning rasmi

2017 yilgi Konfederasiyalar Kubogi ham o`z nihoyasiga etdi. Amaldagi jahon chempioni bo`lgan Germaniya termasi finalida Chilini minimal hisobda mag`lub etdi va o`z tarixida ilk bor Konfederasiyalar Kubogida g`olib chiqdi.

E`tiborlisi, “nemis mashinasi” bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ham JCh, ham Konfederasiyalar Kubogini qo`lga kiritgan to`rtinchi murabbiy bo`ldi, deb yozadi Sports.uz nashri.

Bunga qadar “Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari, Mario Zagallo va Alberto Pareyralar shunday sharafga ega bo`lishgan edi. Qizig`i ularning barchasi bu ishni Braziliya termasi bilan amalga oshirishgan edi.

Boshqa yangiliklar