AsosiyDunyo

​Fransiyada noma`lum shaxslar machitdan chiqayotgan odamlarni o`qqa tutdi

'​Fransiyada noma`lum shaxslar machitdan chiqayotgan odamlarni o`qqa tutdi'ning rasmi

Fransiyada noma`lum shaxslar machitdan chiqayotgan odamlarni o`qqa tutdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Xabarga ko`ra, miltiq va to`pponcha bilan qurollangan ikki nafar noma`lum shaxslar voqea joyiga avtomobilda kelib, machitdan chiqayotgan odamlarga qarata o`q uzgan. Otishma oqibatida sakkiz kishi, shu jumladan etti yoshli bola jabrlandi. Noma`lum shaxslar voqea joyidan qochib ketdi. Polisiya mazkur holatni terakt emas, balki yoshlar orasidagi nizo, deb baholamoqda.


Eslatib o`tamiz, 29 iyun kuni ham Fransiyaning Kretiy shahrida machitdan chiqayotgan odamlarga avtomobilda hujum uyushtirilgan, ammo o`rnatilgan to`siq tufayli haydovchi o`z niyatiga etolmagan edi. Jinoyatchi o`z harakatini 2015 yildagi Bataclan klubidagi va 2017 yilning 19 iyunida Elisey maydonida bo`lgan teraktlar uchun qasos, deb atadi.

Boshqa yangiliklar