Damashq markazidagi portlash oqibatida 20 kishi halok bo`ldi, 30 kishi yaralandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Avtomobilga qo`yilgan bombani uni rulida o`tirgan xudkush-terrorchi amalga oshirdi. Portlash to`lqini binolarning balkonlarini, eshik va deraza oynalarini sindirdi. O`ndan ortiq avtomashinalar tiklanmaydigan darajada zarar ko`rdi. Shahar polisiyasi yana ikki fojianing oldini olib, ikkita minalangan avtomobilni aniqladi. Ular o`z vaqtida zararsizlantirildi.