Turkiyaning g`arbiy qismidagi Izmir viloyatida Ka-32S o`t o`chiruvchi vertolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
O`rmon yong`inini o`chirishda ishtirok etayotgan vertolyot Taxtali suv omboriga borib, suv olayotganda cho`kib ketdi. OAVlar bergan ma`lumotga ko`ra, vertolyotning suv solinadigan maxsus bakiga nimadir ilinib qolganda, uning dvigateli ishdan chiqqan. Vertolyot bortida uch nafar rossiyalik va ikki nafar Turkiya fuqarosi bo`lgan. Hozirda ekipaj a`zolarining hayoti xavf ostida emas.
Nashrning xabar berishicha, falokatga uchragan vertolyot Izmir o`rmon departamenti tomonidan ijaraga olingan. Vertolyotda bo`lgan rossiyaliklar turklarning Balikesir viloyatida doimiy ravishda ishlaydi.