Peterburg shahrida iordaniyalik BMT xodimining pulini, fotoapparatini va taqinchoqlarini o`g`irlagan, hech qaerda ishlamaydigan jinoyatchi qo`lga olindi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Voqea Sankt-Peterburg shahrining Nevskiy prospektida joylashgan kitob do`konida ro`y berdi. Jinoyatchi 54 yoshli chet ellik xonimning ichida fotoapparati, zargarlik buyumlari va puli bo`lgan ryukzagini o`g`irlagan. Barcha o`g`irlangan buyumlarning narxi 1,4 million rublni tashkil etdi.
Jinoyatda 36 yoshli, ishsiz-joysiz erkak gumonlanib, qo`lga olindi. Yo`qolgan buyumlar qisman qaytarildi. Erkakka nisbatan o`g`irlik bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Chet ellik ayol BMTning dasturli menejeri lavozimida xizmat qiladi.






