AsosiyJamiyat

​Press klubda O`zbekistonda yoshlar siyosati mavzuida sessiya bo`lib o`tdi

'​Press klubda O`zbekistonda yoshlar siyosati mavzuida sessiya bo`lib o`tdi 'ning rasmi

2017 yilning 3 iyul kuni Xalqaro Press klubda yangi tuzilgan O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi davlat tashkilotining faoliyatiga bag`ishlangan “O`zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondoshuv mavzuida” sessiya bo`lib o`tdi.

Anjumanning birinchi qismida spikerlar sifatida yangi tuzilgan Yoshlar Ittifoqi tashkiloti raisi Qahramon Quranboev, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri birinchi o`rinbosari Nabiev Dilmurod, Xalq ta`limi vaziri birinchi o`rinbosari Sobitxon Turgunov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaeva, O`zbekiston va Qoraqpalpog`iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov. Ikkinchi qismida esa Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Sun Lisze,Qozog`iston Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Erik Utembaevlar ishtirok etdi. Ushbu sessiya O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yoshlar siyosati masalalari sektori, yangi tuzilgan O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Sessiyada O`zbekistonda yoshlar siyosatiga doir asosiy masalalar muhokama etildi. Shular qatorida xorijiy elchilar o`z mamlakatlaridagi yoshlar masalalaridagi tajriba haqida fikr bildirdilar.

Joriy yilning 30 iyun kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida ko`tarilgan masalalar ham sessiya davomida muhokama etildi.

Ushbu Qurultoyda tashkilotning butun faoliyati tahliliy-tanqidiy sarhisob qilindi. Yoshlar bilan ishlashda e`tiborni kuchaytirish talab etilayotgan muhim jihatlar, amalga oshirilishi zarur bo`lgan vazifalar tahlil etildi. Eng asosiysi, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan tashkilotni tubdan isloh qishi taklifi ilgari so`rildi. Shu maqsadda, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati to`gatilib, uning o`rnida O`zbekiston Yoshlar Ittifoqini tuzish taklif etildi.O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi raisi lavozimiga esa Qahramon Quronboev saylandi. Tugatilgan Harakatning asosiy negizi bo`lmish umumta`lim maktablari, o`rta-maxsus, kasb-hunar ta`limi va oliy ta`lim muassasalari hamda korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang`ich tashkilotlari soni 15 579 ta bo`lib, bugungi kunda ular 6mln.dan a`zolarni birlashtirgan edi.(4mln.dan ziyod “Kamolot” 14-30 yoshdagi, 2 mln.dan ziyod“Kamalak” 10-13 yoshdagi). Afsuski, raqamlar qanchalik jimjimador bo`lmasin, vaqtHarakatning faoliyati xozirgi kun va yoshlarimiz talabiga javob bermasligini, tashkilotni esa tubdan isloh qilish lozimligini ko`rsatdi.

Anjumanda, o`tgan davr mobaynida (2001-2017) Harakat tomonidan yoshlarning manfaatlarini himoya qilish hamda orzu-intilishlarini ro`yobga chiqarish yuzasidan olib borilgan ishlar tahlil etilib, bu borada yo`l qo`yilgan kamchiliklar, yangi tashkil etilgan Yoshlar Ittifoqining mavjud muammolarni bartaraf etish choralari va kelajakda amalga oshirilish lozim bo`lgan ustuvor vazifalarga to`xtalib o`tildi.

Yangi tashkil etilgan O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi oldida turgan dolzarb masalalar, shu jumladan, yoshlar muammolarini o`rganish, uyushmagan yoshlarni ijobiy muhitga qaytarish, yoshlarning ma`naviy tarbiyasi bo`yicha maqsadli amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish, o`zlarini namoyon etishlari uchun yoshlarga imkoniyatlar maydonini kengaytirish, ta`lim sohasidagi umummilliy davlat dasturlarining ijrosiga ko`maklashish, bolalarning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish va eng asosiysi, O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi navqiron avlod orasiga chuqur kirib boradigan muhim institutga aylanishi muhokama etildi.

Boshqa yangiliklar