“Real Madrid” jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl yozgi transfer oynasi davomida jamoani tark etish niyati yo`q. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Uels terma jamoasi futbolchisi Madriddagi hayotidan nolimayapti va uni barcha sharoitlar qoniqtirmoqda.
Avvalroq Kilian Mbappe “Real”ga keladigan bo`lsa, Beylning “Manchester Yunayted” klubiga o`tib ketishi mumkinligi xabar qilingandi.