AsosiyDunyo
9981

​Dubaylik jarrohlar 40 yoshli ayoldan 17,5 kilogrammli o`simtani olib tashladi

'​Dubaylik jarrohlar 40 yoshli ayoldan 17,5 kilogrammli o`simtani olib tashladi'ning rasmi

BAAning Dubay shahridagi Latifa Hospital shifoxonasi jarrohlari 40 yoshli ayolning qorin bo`shlig`idan 17,5 kilogrammli o`simtani olib tashladi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.

Bemor shifoxonaga 30 iyun kuni kuchli og`riqdan shikoyat bilan keltirildi. O`simta uning salomatligi va hayotiga jiddiy xavf solayotgandi.

Muassasa akusherlik va ginekologiya bo`limi boshlig`i Amal al-Kedraxga ko`ra, bemorning holati nafaqat BAA, balki butun dunyoda ham kamdan kam uchraydi.

Shifokorlar zudlik bilan operasiya o`tkazish to`g`risida qaror qabul qildi. To`liq narkoz ostidagi operasiya 3,5 soat davom etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar