1

​Cibirlik Robinzon

Dunyo 06.07.2017, 10:02
​Cibirlik Robinzon

Kuzbassda taygada adashib qolgan erkakni topish operasiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Andrey Ilyushin bir hafta davomida suvsiz, ovqatsiz qolib, yovvoyi o`rmon ichida adashib qoldi. Uning ayiqlarga em bo`lishiga ham bir bahya qoldi. Andrey taygadan chiqishga harakat qilib, battar ichkarilab ketgan. Andrey Ilyushin uyidan bir necha kilometr uzoqlikda buzilib qolgan motosiklini olib kelish uchun borgan. Kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida so`qmoq yo`llar yuvilib ketib, Andrey adashib qoldi. U ikki sutka davomida yo`l topolmagach, ukasiga qo`ng`iroq qildi. Taygada kechasi havo harorati 5 daraja iliq bo`ladi. Andrey sivilizasiyaga etish uchun 40 kilometr yo`l bosdi. Ayiq bilan bo`lgan uchrashuv yigit uchun katta sinov bo`ldi. Yirtqich changalidan uni iti qutqarib, o`zi halok bo`ldi. Andreyning qo`lidagi petardadan biri nam tortib qolgani uchun yonmadi, ikkinchisi yongach, u bilan ayiqni qo`rqitdi. Yigit ayiqdan qo`rqqanidan daraxt ustida o`tirdi. Kechalari esa gulxan yoqdi. Tong otishi bilan esa o`rmondan chiqish uchun yo`lga otlandi.

Andreyni topish uchun vertolyot va uchuvchisiz uchadigan samolyot jalb etildi. Andrey vertolyot shovqinini eshitib, olov yoqdi, ammo tutun yuqoriga ko`tarilmagani bois, uni sezishmadi. Shunday qilib, Andrey bir hafta davomida taygadan chiqolmay, qolib ketdi. Yigitni qidirib topishganda, uning ochlikdan va suvsizlikdan sillasi quriganiga qaramay, aqli-hushi joyida edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1