“Manchester Yunayted” klubi “Everton” hujumchisi Romelu Lukakuni qo`lga kiritish borasida “Chelsi” bilan bahslashishga tayyor.
Ma`lumotlarga ko`ra, har ikkala klub belgiyalik futbolchi uchun 114 million evrodan voz kechishga tayyor bo`lib turibdi. Bu esa dunyo futboli tarixidagi rekord transfer bo`lishi mumkin. Ayni damda ushbu ko`rsatgich Pol Pogbaga tegishli. Fransiyalik futbolchi 2016 yilda “Yuventus”dan MYuga 59 mln funtga ko`chib o`tgan edi.
Eslatib o`tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” o`zining sobiq futbolchisi bilan kelishib olganligi va futbolchiga haftasiga 150 ming funt maosh to`lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma`lumot uchun, 24 yoshli futbolchi “Everton”ga 2014 yilda “Chelsi”dan 35 mln evro evaziga kelib qo`shilgan edi. Uning “irischilar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.






