32 yoshli portugaliyalik Krishtianu Ronaldu oilaviy xordiqdan lazzatlanmoqda. Bunga uning Instsgram va Facebook tarmog`idagi sahifasiga kirib amin bo`lish mumkin.
O`tgan oyda uning yana ikki farzandi dunyoga keldi. Ronalduning yaqin do`stlarining aytishlaricha, Ronaldu ulardan bir daqiqaga ham ajrala olmayapti.
Bir kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda uning farzandlari bilan oilaviy surati e`lon qilindi. Instsgram’da ushbu surat 5 million layk, Facebook’da esa yana qariyb 2 million layk yiqqan.
Shu bilan birga dunyo OAVlari yil ohirigacha Krishtianu yana bir bor ota bo`lishini aytishmoqda. Bu safar uni bu baxtga sevgilisi — model Jordjina Mey muyassar qiladi.