Xitoylik arxeologlar Shandun viloyati hududidan bundan besh ming yil ilgari yashagan ulkan odamlarning jasadi qoldiqlarini topishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Topilgan suyaklarning o`ziga xosligi shundaki, qadimgi odamlarning bo`yi 1,9 metrdan baland bo`lgan. Neolit davrining o`lchamini hisobga oladigan bo`lsak, ular o`z davrining eng ulkan odamlari bo`lgan. Olimlarning fikricha, ular tiriklik vaqtida bundan ham baland bo`lishgan. Shandun universiteti olimlari ularning bunday baland bo`yli bo`lishlariga yashash sharoitining yaxshiligi, oziq-ovqat etarli bo`lganini sabab qilib ko`rsatishdi. Mazkur suyaklar Xuanxe daryosi bo`yida neolit davrida yashagan Lunshan madaniyati vakillariga tegishli, deb taxmin qilinmoqda.






