AsosiyDunyo

​11 yoshli qiz qo`g`irchog`ining ko`zini o`ziga o`rnatdi (Video)

'​11 yoshli qiz qo`g`irchog`ining ko`zini o`ziga o`rnatdi (Video) 'ning rasmi

Braziliyalik ayol ijtimoiy tarmoqlarga 11 yoshli qizining qovoqlari orasidan qo`g`irchoq ko`zini chiqarishga urinayotgani aks etgan videoni joylashtirdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

O`yinchoq ko`z shu darajada katta bo`lganidan qizcha uni qovoqlari orasidan chiqara olmagan. Reyssa Ayvoni Fikag ismli ayol qizi qo`g`irchoq bilan o`ynab o`tirganini, u bir necha daqiqaga tashqariga chiqqanda, qizi qo`g`irchoqning ko`zini o`zining ko`ziga o`rnatganligini ma`lum qildi. O`yinchoq ko`z kattaligidan qizcha kiprik qoqishga ham qiynalgan.

Nashrning xabar berishicha, sun`iy ko`z qizchaga hech qanday jiddiy jarohat etkazmagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa, onani mas`uliyatsizlikda ayblab, onalik huquqidan mahrum qilish bilan tahdid qilishdi. Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilgan mazkur videorolikni etti millionga yaqin foydalanuvchi tomosha qildi.


Boshqa yangiliklar