AsosiyDunyo

​Talant-shou ishtirokchisi sahnada tirik ilonni edi (Video)

'​Talant-shou ishtirokchisi sahnada tirik ilonni edi  (Video)'ning rasmi

Xitoyda o`tkazilgan talant-shou ishtirokchisi bo`lgan ayol sahnada tirik ilonni eb, ustidan pivo ichdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

G`ayrioddiy tomosha Yunyan uezdida 3 iyul kuni bo`lib o`tdi. Ishtirokchi ayol sahnaga kattagina ilon bilan chiqdi. U hakamlar va tomoshabinlar ko`z o`ngida, musiqa sadolari ostida tishi bilan ilonning boshini uzib, terisini ham tishi bilan ajratib, uning go`shtini edi.

Ilonning go`shtini eb bo`lgan ayol, ustidan bir shisha pivo ichdi. Ayolning so`zlariga qaraganda, bolaligidan beri qurbaqa, kaptar va ilonbaliqlarni iste`mol qilib kelgan, bundan hech qanday noqulaylik sezmagan.


Boshqa yangiliklar