Amerikalik polisiyachilar qabristonda ro`y bergan voqeani o`rganmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
48 yoshli Sherri Rixter o`g`lining haddan ortiq semizligi tufayli undan qutulmoqchi bo`ldi. Ayol o`g`lini mashina yukxonasiga solib, qabristonga olib bordi. U benzin sepib, mashinani yoqmoqchi bo`ldi, ammo mudhish rejani amalga oshirishiga voqeaga tasodifan guvoh bo`lgan qabriston xizmatchilari xalaqit qildi. Ular bolani onasining changalidan qutqardi. Voqea joyiga etib kelgan polisiya xodimlari ayolning qo`liga kishan soldi. Undan farzandining joniga qasd qilmoqchi bo`lganiga nima sabab bo`lgani to`g`risida savol berilganda, ayol bolasi haddan ortiq semiz bo`lgani tufayli o`g`lidan qutulmoqchi bo`lganini bildirdi. Voqea yuz berganda ayol mast holatda bo`lgan.
26.08.2022, 08:40
Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...22.12.2021, 10:59
Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...11.10.2021, 12:16
Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida...04.10.2021, 16:00
Bugun, 4 oktyabr kuni soat 14:36 da Samarqand shahar Bag`dod ko`chasida joylashgan maktabgacha ta`lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong`in ro`y berdi. Bu haqda FVV Axborot...