AsosiyDunyo

​Nyu-Yorkda yo`lovchi tashuvchi poezd relsdan chiqib ketdi

'​Nyu-Yorkda yo`lovchi tashuvchi poezd relsdan chiqib ketdi'ning rasmi

Nyu-York — Nyu-Jersi yo`nalishida harakatlanuvchi xalqaro poezd Penn Station bekatida relsdan chiqib ketdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, falokat paytida poezdda yuzga yaqin yo`lovchi bo`lgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo`q. Voqea joyiga o`t o`chirish va tez yordam xizmati xodimlari etib keldi. Mazkur falokat Penn Station bekatida so`nggi uch oy mobaynidagi uchinchi yo`l-transport hodisasidir. 10 iyuldan boshlab, temiryo`lni kapital ta`mirlash ko`zda tutildi, ta`mirlash ishlari ikki oy davom etishi rejalashtirildi.

    Boshqa yangiliklar