1

​ShAVKAT MIRZIYoEV NAMANGAN KO`ChASIDA XALQ IChIGA KIRIB, ODAMLAR BILAN MULOQOT QILDI

Jamiyat 07.07.2017, 14:38
Teglar: Shavkat Mirziyoev, ​Namangan
​ShAVKAT MIRZIYoEV NAMANGAN KO`ChASIDA XALQ IChIGA KIRIB, ODAMLAR BILAN MULOQOT QILDI

Namangan – ko`plab buyuk allomalarga qanot bo`lgan zamin. Bu ko`hna yurtda Maxdumi A`zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Fazliy, Nodim Namangoniy, Muhammadsharif So`fizoda singari shoir va ma`rifatparvarlar tug`ilib ijod qilgan.

Shavkat Mirziyoev 2016 yil 2 noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Ishoqxon Ibrat haqida alohida to`xtalib, u kishiga atab zamonaviy bog` yaratish, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi”ni tashkil qilish tashabbusini bayon etgan edi.

XIX asrda To`raqo`rg`on zaminida tug`ilib o`sgan Ibrat domla arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan, dedi Prezidentimiz. Dunyoning ko`plab mamlakatlarida bo`lib, Sharq va Evropa ilm-fani, madaniyati va san`ati bilan yaqindan tanishgan, yurtimizga ilg`or madaniyat va texnika yangiliklarini olib kirishga intilgan.

Ibrat domla o`lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida, 1908 yil Orenburg shahridan litografik mashina sotib olib, uni Orenburgdan Qo`qongacha poezdda, Qo`qondan To`raqo`rg`onga tuyalarga ortib, katta mashaqqatlar bilan olib kelgan va o`z hovlisida “Ishoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu ma`rifatparvar inson ko`plab ilmiy, pedagogik hamda badiiy asarlar yaratgan, o`z qishlog`ida yangi maktab va kutubxona ochgan, aholi uchun zamonaviy bog` barpo qilgan, hozirgacha g`oyat noyob hisoblanadigan olti tilli lug`at yaratib, o`z bosmaxonasida chop ettirgan. Uning “Farg`ona tarixi” degan mashhur asari mamlakatimiz tarixiga oid nodir manbalardan biridir.

Prezidentimiz taklifi jamoatchilik tomonidan keng qo`llab-quvvatlanib, To`raqo`rg`onda Ishoqxon Ibratga bag`ishlangan so`lim bog`, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi” tashkil etilmoqda.

Bog` odamlarning mazmunli hordiq chiqarishiga qulaylik yaratish bilan ma`naviy olamini ham boyitadi. Bu erda ma`rifatparvar bobomizning haykali o`rnatiladi. Muzey Ishoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati bilan tanishtiradi. “Ibrat maktabi”da yoshlar xorijiy tillarni o`rganadi. Bularning barchasi yaxlit kompleks sifatida allomaning xalqimiz uchun qilgan buyuk xizmatlarini qadrlash, merosini o`qib-o`rganish va targ`ib qilishda muhim o`rin tutadi.

Ulug` ajdodimiz Ibrat taxallusini o`ziga bejiz tanlamagan, dedi Prezidentimiz. Uning Vatan va yurt taraqqiyoti yo`lidagi fidokorona hayoti nafaqat o`z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo`lib qolmoqda.

Davlatimiz rahbari mazkur kompleksni mazmun jihatidan takomillashtirish, til o`rgatish bo`yicha maxsus maktabni Namangan davlat universiteti qoshida tashkil etish, bu erda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda xorijiy tillarni ixtisoslashtirilgan tarzda o`rgatish zarurligini ta`kidladi. O`qituvchi va o`quvchilarga zarur sharoitlar yaratish, majmua atrofini obodonlashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Gap yoshlar tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada shoshmaslik, yoshlar va ota-onalarning talab-istaklaridan kelib chiqib, har tomonlama puxta o`ylab ish tutish kerak, dedi Prezidentimiz.

Shavkat Mirziyoev tumandagi Namangan ko`chasida xalq ichiga kirib, odamlar bilan muloqot qildi. Aholi Prezidentimiz tashrifidan xursandligini, amalga oshirilayotgan o`zgarish va yangiliklar uchun minnatdorlik izhor etdi, deb yozadi O`zA.

Sharhlar

⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
Namanganda “Nexia-2” kanalga tushib ketdi (video)

04.01.2023, 12:40

Namangan viloyati Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo`qotib, tushib ketdi. Bu haqda...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1