AsosiyDunyo
12787

​VERTOLYoTDA O`Z TO`YIGA BORAYoTGAN KELIN HALOKATGA UChRADI (VIDEO)

'​VERTOLYoTDA O`Z TO`YIGA BORAYoTGAN KELIN HALOKATGA UChRADI (VIDEO)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o`z to`yiga ketayotgan braziliyalik kelin hayotining so`nggi daqiqalari aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Halokat oqibatida kelin bilan birga vertolyot uchuvchisi va uch yo`lovchi ham halok bo`lgan.

Fojia 2016 yilning dekabr oyida San-Paulu shahrida ro`y berganiga qaramay, mazkur fojia aks etgan video falokatni tergov qilish jarayonida aniqlandi. Kelin — Rozemere de Nasimento Silva kuyovga syurpriz qilish maqsadida osmondan tushmoqchi bo`lgan. Shuning uchun nikoh to`yi nishonlanayotgan joyga “Robinson-44” vertolyotida akasi Silvano va fotosuratchi Nayyali Kristina Neves hamrohligida yo`l olgan. Kelinning olti oylik homilasi bo`lgan. Vertolyotni esa Peterson Pineyro nomli uchuvchi boshqargan. To`yga yig`ilgan uch yuz nafar mehmondan bir necha kishigina syurprizdan xabardor bo`lgan. Vertolyot belgilangan vaqtga etib kelmagach, vahima ko`tarilgan. Vertolyot to`yxonadan atigi bir kilometr uzoqlikka qulagan. Halokat yuz bergan joydan Neves kelinni suratga tushirgan smartfon topildi. Avvaliga parvoz ko`ngildagidek davom etib, vertolyot birdan pastga qulagan. Tergovchilarning fikricha, tuman qalin bo`lgani uchun uchuvchi yo`nalishni to`g`ri aniqlay olmay, daraxga urilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar