Laqabi “Engak” bo`lgan amerikalik Joui Chestnat (Joey Chestnut) xot-dog eyish bo`yicha o`tkazilgan Nathan's Annual Famous International Hot Dog Eating Contest nomli chempionatda yangi rekord o`rnatdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
U o`n daqiqa ichida 72 dona sosiskali bulochkani iste`mol qildi. Har yili 4 iyul — AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan Nyu-Yorkda o`tkaziladigan musobaqa aks video YouTube kanaliga joylashtirildi.
33 yoshli Joui Chestnat o`ninchi g`alabani qo`lga kiritdi. U o`tgan yili mazkur musobaqada 70 dona xot-dog eyishga muvaffaq bo`lgan edi. Ayollar o`rtasida o`tkazilgan musobaqada 20 yoshli Miki Sudo (Miki Sudo) 41 ta xod-dogni iste`mol qilib, to`rtinchi marotaba g`oliblikni qo`lga kiritdi. U o`tgan yili 39 ta xot-dogni iste`mol qilgan edi. G`oliblar 10 ming dollar mukofot puli bilan taqdirlandi. Tadbirga asosiy taomi xot-dog bo`lgan, Amerika restoranlar tarmog`i hisoblanuvchi Nathan's Famous kompaniyasi homiylik qildi.