AsosiySport

“Manchester Yunayted” darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

'“Manchester Yunayted” darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi'ning rasmi

“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati yosh darvozabon Joel Pereyra bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirilganini e`lon qildi.

Yangi kelishuv 2021 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Mankunianliklar rasmiy saytidagi xabarga tayanadigan bo`lsak, portugaliyalik darvozabon bilan kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Ma`lumot uchun, 21 yoshli Pereyra Shveysariyaning “Ksamaks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yilda u “MYu” akademiyasiga ko`chib o`tgandi. O`tgan mavsum u APLda bitta o`yin o`tkazib, o`z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar