"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi faoliyatini "Everton"da davom ettiradi. Bu haqda Liverpul shahri jamoasi rasmiy sayti e`lon qildi.
"Everton" hamda Ueyn Runi o`rtasidagi shartnoma 2 yilga mo`ljallangan. Oldinroq "Manchester Yunayted" Runini "Everton"ga tekinga berishi e`lon qilingan edi. Shu tariqa, Ueyn 13 yildan so`ng yana "Everton"ga qaytdi.