Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi bir necha kun avval uzoq yillik hamrohi Antonello Rokkussoga uylangandi.
To`y marosimidan so`ng juftlik ikki farzandi bilan asal oyini o`tkazish uchun Antigua va Barbuda orollariga yo`l oldi, deb yozadi CBS Sports.
Ammo tez orada Messilar oilasining ta`tiliga Luis Suares va uning xotini qo`shildi. Ayni vaqtda “Barselona” hujumchilari vaqtni bekor o`tkazmay, basseynda bo`lsa ham yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rmoqda.