Bir necha yillar davomida “Manchester Siti” klubida faoliyat olib borgan yarim himoyachi Xesus Navas erkin agent sifatida “shaharliklar”ni tark etdi.
Ispaniyalik futbolchiga “Sevilya” katta qiziqish bildirgandi va tomonlar deyarli kelishuvga erishgandi, ammo uning andalusiyaliklar safiga o`tishi bekor qilinishi mumkin.
Ayni vaqtda yarim himoyachiga APLga qaytgan “Nyukasl” jamoasi qiziqmoqda va unga yillik 1,5 mln evro maosh taklif qilmoqda, deya ma`lum qiladi Metro nashri. Tomonlar muzokaralarni boshlab yubordi.