Qozog`istonning Qustanay viloyatida cho`pon va uning otari chaqmoq urishi tufayli yuzaga kelgan yong`in oqibatida halok bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Otarni qutqarishga harakat qilgan cho`pon yong`inda o`zi ham yonib ketdi. Cho`ponning sakkiz farzandi bo`lgan. Otardagi 1500 ta qo`yning hammasi yong`inda yonib ketdi. O`tgan yilning iyun oyida Qirg`izistonda yashin oqibatida chiqqan yong`inda 300 ta qo`y yonib ketgan edi. Cho`pon qo`ylarni Qashqa-Suu yayloviga haydagan. Suuk-Dobo dovonida esa vaqtinchalik tunash uchun to`xtagan. Otarda 600 nafar qo`y bo`lgan. Yashin otarning ustiga tushgan, oqibatda 120 ta qo`y joyida halok bo`lgan, 145 ta qo`y esa qo`rqqanidan jarlikka sakragan. Cho`ponning o`zi esa tirik qolgan edi.