2017 yilning 11-12 iyul kunlari Turkmaniston Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi.
Mehmon O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Turkmaniston delegasiyasining tashrif dasturidan Hukumatda va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o`tkazish o`rin olgan.