Germaniyaning Bad Tyols shahrida yashovchi o`smir uydan 20 ming evro olib chiqib, pulni ko`chadan o`tgan yo`lovchilarga, ularning kayfiyatini ko`tarish maqsadida tarqatdi, deb xabar qildi Ntv.ru nashri.
Bola yo`lovchilarning har biriga 100 evrodan 2400 evrogacha pul tarqatdi. Kutilmagan sovg`aga ega bo`lgan ba`zi bir yo`lovchilar ongli ravishda bola bergan pulni polisiyaga qaytarishdi. Polisiya umumiy hisobda 4500 evroni yig`ishga muvaffaq bo`ldi. 6 ming evroni topishning iloji bo`lmadi.
Polisiyachilar cho`ntagi pulga to`la, hamon pul tarqatish bilan ovora bo`lgan bolani ko`chada qo`lga olishdi. Polisiyachilar bilan bo`lgan suhbatda bola pulni uydan olganligini tan oldi. Farzandlari shuncha pulni tarqatib yuborganini, bor-budidan ayrilganini xotirjam qabul qilgan er-xotinning o`zini tutishidan polisiyachilar hayratga tushdi.