AsosiyDunyo

​Tramp Mosulda “Islom davlati” ustidan qozonilgan g`alaba bilan qutladi

'​Tramp Mosulda “Islom davlati” ustidan qozonilgan g`alaba bilan qutladi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadini “Islom davlati” terrorchilik guruhi ustidan Mosulda qozonilgan g`alaba bilan qutlab maktub yo`lladi, deya ma`lum qildi Oq uy vakili Sara Sanders brifing chog`ida.

“Biz bosh vazir al-Abadini, Iroq maxsus xizmatlari hamda mamlakatning barcha aholisini terrorchilar ustidan qozonilgan g`alaba bilan qutlaymiz”, — xabar berdi Sanders.

Avvalroq Al-Abadi rasman Mosulda “Islom davlati” ustidan g`alaba qozonilganini ma`lum qilgandi.

IDni Mosuldan chiqarish kampaniyasi o`tgan yilning oktyabrida boshlangan bo`lib, mazkur operasiyaga maxsus xizmat, federal polisiya, qurolli kuchlar jalb qilingandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar